An’anaviy do‘stlik spartakiadasiga start berildi
26.08.2024

Yangi
o‘quv yili oldidan jismonan chiniqishning ham hikmati katta. Bu pedagoglarimizga
foydadan xoli bo‘lmay, balki professor o‘qituvchilarimizga ruhiy quvvat va ko‘tarinki
kayfiyat baxsh etishi muqarrar.
Joriy
yilning 26-30 avgust kunlari professor – o‘qituvchilar, doktorantlar va ishchi xodimlar
o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi”ga bag‘ishlab,
“Yangi o‘quv yilini sport bilan boshlang...!” shiori ostida “REKTOR KUBOGI - 2024”
an’anaviy do‘stlik spartakiadasiga start berildi.
Aylanma tarzda, an’anaviy yo‘sinda tashkil etib kelinayotgan musobaqaning boshlanishidan oldin universitetimiz jamoasi jam bo‘lishdi. Universitet prorektori, professor Ro‘zimurod Choriev tadbirni ocha turib, spartakiada ishiga omad, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng maxsus qur’a tashlandi. Shunga muvofiq erkaklar o‘rtasida mini - futbol hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha qizg‘in tarzda o‘yin jarayoni boshlandi. Natijalarni keyinroq e’lon qilamiz.
Universitet matbuot xizmati













