Dala sharoitidagi eksperiment - ilmiy ma’lumotlarni olishda ishonchli usul
22.08.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot
universitetining yosh tadqiqotchilari “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi
sharoitida suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun barqaror
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari” nomli “O‘zbekiston-Germaniya”
hamkorligidagi “SusWEF” ilmiy loyihasi va o‘zlarining dissertatsiya ishlari
dasturlari doirasida doktorant Gulamov Sardor hamda tayanch doktorant Karimova
Madina pilot uchastkalarda dala eksperimentlarini o‘tkazishmoqdalar.
2 avgust kuni prof.
M.Avlakulov, prof. A.Hamidov va dots. J.Ishchanovlar dala tadqiqotlari olib
borilayotgan Qarshi tumani Cho‘l ota hududidagi “Shodi o‘g‘li Salim” va
“Sharapov Yusuf” fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, dala tadqiqotlarini tasdiqlangan
uslubiyatlar asosida olib borilayotganini va olingan ma’lumotlarni
aprobatsiyadan o‘tkazishdi.
Tadqiqotlarning asosiy
maqsadi bo‘lib, sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasining sug‘orish
texnikasi elementlarini maqbul parametrlarini aniqlash hamda sho‘rlangan
tuproqlarda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasining
samaradorligini oshirish maqsadida
BioProFito biostimulyatorini qo‘llash muddat va me’yorlarini aniqlash
hisoblanadi.
Ushbu loyiha hamkorlari
Germaniyaning Leybnis nomli agrolandshaftlarni tadqiq qilish ilmiy tadqiqot
markazi (ZALF) olimlari bo‘lib, loyihani
Germaniya tomonidan Ta’lim va Tadqiqotlar Vazirligi (BMBF)
moliyalashtirmoqda. Loyiha rahbari prof. A.Hamidov ham tajriba maydonlarida
bo‘lib, yanada yaxshi ilmiy natijalarga erishish uchun dalalarda suv
isrofgarchiligini cheklash bo‘yicha o‘z ilmiy maslahatlarini berdi.
Tadqiqotchilarning
axboroti



