Suv xo‘jaligi inshootlari amaliy tashrif
14.08.2024
10-avgust kuni "TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti tomonidan Erasmus + HWCA loyihasi doirasida Markazi Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari prof-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan Suv Diplomatiyasi xalqaro treningi va doktorantlar Yozgi maktabi dasturiga kiritilgan muhim amaliy tadbir - “Tinglovchilarning suv xo‘jaligi inshootlariga tashrifi” amalga oshirildi. Mazkur tadbir davomida Yevropa va Markazi Osiyo mamlakatlaridan kelgan soha olimlari, ekspertlar va doktorantlarning Chirchiq daryosi havzasida joylashgan nodir suv xo‘jaligi majmualariga tashriflari tashkil etildi hamda real inshootlar misolida muloqotlari davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekgidroenergiya agentligi hamda Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi tarkibidagi “Sirdaryo havza tashkiloti” yordamida nodir suv infratuzilmalariga tashkil etilgan tashrif hamda O‘zbekistonda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tinglovchilar va tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Mazkur tadbir Suv Diplomatiyasi mavzusida tashkil etilgan xalqaro treyding va yozgi maktab samaradorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.