Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash dolzarb masala
30.07.2024
Joriy yilning 29-iyul kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova tomonidan “B” korpus ma'naviyat xonasida pedagog tyutorlar ishtirokida "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ustuvor vazifalari" mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tadbir pedagog tyutorlarni oila qurishga intilayotgan talaba yoshlarga to'g'ri yo'nalish berish malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bugungi kunimizning eng dolzarb masalasi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash juda ham shaxsiy, boshqalarga aloqasi yo'qdek ko'rinadi. Ammo bu harakat millatimiz ravnaqiga, xalqimiz odobiga, kelajagiga, nasli-nasabiga putur yetkazishdan saqlovchi omil ekanini hisobga olsak, ushbu mavzu naqadar dolzarb ekanini anglashimiz mumkin.
Seminar treningda oila qurish yoshidagi talaba yoshlarda: qanoat, sabr-toqat, kechirimlilik xislatlarini oshirish; oila qurishga doir diniy-dunyoviy ilmlarga ega bo‘lishlik, fikh ilmi, psixologik ilm, tibbiy bilimlardan boxabar bo‘lish shartligi hamda erta turmush qurish, qarindoshlar o'rtasida qurilgan nikohning salbiy oqibatlari to‘g‘risida qiziqarli bahs munozaralarga boy suhbat olib borildi. Seminarda yoshlarning ma'naviyati, madaniy ongini o‘stirish biz pedagoglarnini oliy maqsadimiz ekani va bu yo‘lda barchamiz bir tan-u, bir jon bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib ishlash lozimligi ta'kidlab o‘tildi.
Trening davomida baxtli oila qurish formulasi: "2+1" texnikasi haqida so‘z yuritildi. O‘tkazilgan tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va tadbir oxirida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati