Yosh olimlar maktabi o‘z ishini boshladi
29.07.2024
Bugun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma ilmiy dasturi doirasida tashkil etilgan Yosh olimlar maktabi (Young Scientsts School - YSS) o‘z ishini boshladi
YSS iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalarini qamrab oluvchi intensiv dastur asosila amalga oshiriladi. YSS dasturi doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Germaniyaning Berlindagi Gumboldt universiteti, GFZ_Potsdam Geofanlar tadqiqot markazi, UFZ Leypsig ekologik tadqiqot markazi, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti kabi nufuzli muassasalar, shuningdek, Germaniya Geologiya ilmiy-tadqiqot markazi va ekologik tadqiqotlar markazi kabi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining yetakchi olimlari ishtirok etmoqda.
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yosh olimlari, doktorantlari va tadqiqotchilariga O‘zbekistonda MODSNOW dasturi asosida suv resurslarini monitoring qilish, Kelajakda muzli qatlamlardagi suv oqimini bashorati va ularni havzalarida modellashtirish, yer osti suv resurslarini masofadan zondlash bo‘yicha Germaniyaning GFZ_Potsdam Geofanlar tadqiqot markazidan laboratoriya mudiri Dr. A.Gafurov va Dr. M.Latinovic, UFZ Leypsig ekologik tadqiqot markazi laboratoriya mudiri Dr. S.Gayer, Berlindagi Gumboldt universiteti professorlari P.Schuster va A.Georgi o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar
Yosh olimlar maktabi o‘z ishini 1-avgustgacha davom ettiradi.