Germaniya universiteti bilan hamkorlikda O'quv dasturi rivojlantiriladi.
25.07.2024
24-iyul 2024-yil – TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida Germaniyaning DAAD jamg’armasi tomonidan
moliyalangan "ReAct" xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida Barqaror
Rivojlanish Maqsadlari yo’nalishida davra suhbati hamda Qayta tiklanuvchi
tizimlar yo’nalishida O‘quv Dasturini Rivojlantirish bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar
ishida Germaniyaning Ingolshtat amaliy fanlar universiteti-THI (Technische Hochschule Ingolstadt), Qirg’iziston Respublikasining Norin davlat
universiteti - NSU, va TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti olimlari va talabalari ishtirok etdilar, Xalqaro seminar davomidalohiha
"ReAct" xalqaro hamkorlik loyihasi
vazifalariga kiruvchi Yevropa va Markaziy Osiyo
mintaqasidagi oliy ta’lim muassalari vakillari o’rtasida tajriba almashuvi, o’quv
rejasi va dasturlarini hamkorlikda rivojlantirish va uyg’unlashtirish, mahalliy
va mintaqaviy darajadagi ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash
hamda energiya tizimlari va qayta tiklanadigan energiya manbaalari bo‘yicha
o‘quv dasturlarining rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
1. Bakalavriat va
magistratura bosqichlari dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni zamonaviy
talablar asosida rivojlantirish istiqbollari;
2. Doktorlik (PhD)
dasturlarini rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillshtirish;
3. Bitiruvchilarning ishga
joylashish imkoniyatlarini oshirish va ularning malakasini mehnat bozoriga
moslashtirish;
4. Xalqaro universitetlar
bilan ta’lim va ilmiy yo’nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyiha
takliflarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro seminar davomida loyiha doirasida amalga oshiriladigan aniq ishlar
yo’l xaritasini ishlab chiqib tasdiqlashga erishildi.
Axborot “ReAct” loyihasi a’zosi J. Mirzaqobulov tomonidan tayyorlandi