TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK, HURMATLI PREZIDENTIM!

24.07.2024

#Rektordan #Yangilik

Bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomini katta mamnuniyat bilan nishonlaymiz. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti nomidan samimiy tabriklarimizni bildiramiz!

Sizning beqiyos rahbarligingiz va oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlaringiz tufayli O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Sizning mukammallik va innovatsiyalarga bo'lgan intilish bizni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi. Xususan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro maydonda ham quvonarli natijalarga erishdi.

Masalan, dunyoning eng nufuzli QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2025-yilgi jahon universitetlari reytingi natijalariga ko‘ra, siz o‘qib, uzoq yillar mehnat qilgan universitetimiz munosib TOP-547-o‘rinni egalladi. Bu yutuq mamlakatimizda ta’lim va ilmiy izlanishlar yuksak saviyada ekanining tasdig‘idir.

Sizning xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan inqilobiy islohotlaringiz millatimiz kelajagi bo‘lmish uchinchi renesansning mustahkam poydevorini qurmoqda. Sizga sihat-salomatlik, umr boqiylik, oilaviy xotirjamlik, farzandlaringiz, nevaralaringiz va xalqimiz baxtiga doimo omon bo‘lishingizni Ollohdan tilab qolamiz!

Chuqur hurmat va ezgu tilaklar bilan,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi