Test 2024 jarayoni

15.07.2024

#Yangilik

Bugun respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boshlandi. Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, test sinovlari kuniga ikki smenada – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi. Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.