Suvni birgalikda asraylik

27.01.2024

#Yangilik

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda Universitetimiz bilan hamkorlikda “Suvni birgalikda asraylik” shiori ostida targ‘ibot haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik davomida “Toza ichimlik suvi – Yer sayyorasida insoniyat kun ko‘rishi uchun eng muhim va zarur manbalardan biri” g`oyasi bilan tadbir o`tkazildi, tadbirda insoniyatni oldida turgan dolzarb mavzu ko`tarildi va o`quvchilar bilan suhbat o'tkazildi.

Bundan tashqari haftalik mobaynida "Suvni tejaymiz" shiori ostida insholar ko`rik tanlovi o‘tkazish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish, bir o‘quvchiga suv sarfini hisoblash,  maktab suv manbalari sardobalarining xizmat ko‘rsatish qobiliyatini kuzatib borish va uyda suvni tejash ko`nikmalarini hosil qilish kabi maqsadlar oldinga qo`yildi.