Suv tejashning yuqori samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar

12.09.2023

#Yangilik

       O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti, Xinjiang Tianye Water Saving Irrigation Co., Ltd. Kompaniyasi va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida “Qishloq xo‘jaligida suv tejashning yuqori samarali texnologiyalari” mavzusidagi ilmiy seminar davom etmoqda.

    

      11 sentabr sanasiga rejalashtirilgan Mr. Wu Qifeng “Markaziy Osiyoda Xitoyning zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasida erishgan yutuqlari” mavzusida maʼruzasi, Mr. Chen Bing “Asosiy ekinlar uchun tomchilatib sug‘orish bilan yuqori hosildorlikka erishish texnologiyasi” mavzusidagi maʼruzasi va Dr. Wei Chilin “Sug‘orish suvlari va ularda o‘g‘itlarni integratsiyalash texnologiyasini qo‘llash” kabi mavzular tinglovchilarni katta qiziqishiga sabab bo‘lib, maʼruzachilarga universitetimiz 20 dan ziyod professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar tomonidan savollar berildi va fikr almashildi.

Universitet matbuot xizmati