Nazariya bilan amaliyot uyg’unligi
20.06.2023
![](https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/4405a616be21499cb35ef2166fe41891.jpg)
Joriy yilning 12-iyunida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining ilmiy-o’quv markazi poligonida “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi professor o’qituvchilari rahbarligida “Gidromelioratsiya” fakultetining 60812300-Suv xo’jaligi va melioratsiya, 60112400-Professional ta’lim (Suv xo’jaligi va melioratsiya), 60813000-Suv xo’jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish, 60530800-Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi), 60812600-Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yo’nalishlari 2-bosqich 1-2-4-6-7-8-9-13 - guruh talabalarining yozgi dala o’quv amaliyotiga start berildi.
Talabalar yozgi dala o’quv mashg’ulotlari davrida Gidrologiya, Gidrometriya, Injenerlik Geologiyasi va Gidrogeologiya fanlaridan olgan nazariy bilimlarini ustozlar nazorati ostida bevosita amaliyotga tadbiq qilmoqdalar va shu asnoda nazariya bilan amaliyot uyg’unligining nechog’lik ahamiyati ustida fikr yuritmoqdalar.
Jumladan, ular Gidrometriya fanidan daryo, irrigatsion tizimlarda suv sarfini o’lchash, hisoblash usullari bo’yicha turli xil zamonaviy o’lchov qurilmalaridan keng foydalangan holda mashg’ulot o’tamoqdalar.
“Ming eshitgandan bir ko’rgan yaxshi” deganlaridek tashkil etilgan bu amaliyot talabalar ongida bir umrga unutilmas bo’lib, kelajakdagi faoliyatlarida o’z samarasini berishiga ishonamiz.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Z.Tursunova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati