“YASHIL MAKON” – YANGI IMKON

25.11.2022

#Yangilik

                  Tabiatning musaffoligi kokalamzorlashtirish bilan. Demak, atrof - muhitning tozaligi va gozalligi kozlarni quvnatadi, dillarni yayratadi. Nafosatga oshno qalblarda bunyodkorlik, yaratuvchilik kayfiyati hukmron boladiShunday ekan, daraxtning inson hayotidagi orni kishi umrining davomiyligi, boqiyligiga ham daxldor. Respublikamiz boylab turli korxona va tashkilotlarda, talim muassasalarida "Yashil makon" dasturi asosida otkazilyotgan tadbirlar katta mohiyat kasb etmoqda. Barcha joylarda kochat otkazish, yerga nihol qadash urf bolgani yangilik ham yaxshilikning nishoni.

                  Inson otib ketgandan song undan qoladigan va uning nomiga savoblar ajru mukofotlar yozilib turishiga bois boladigani ham u ekkan va ostirgan daraxtidir deyiladi qadimiy manbalardaXuddi shunga amal qilgan holda TIQXMMIMilliy tadqiqot unversitetining barcha fakultetlari oz jamoalari bilan "Yangi Ozbekiston" bogi hududida yaqin bolgan joyda kochat otkazishga astoydil kirishib ketdilar.

Kuni kecha "Suv xojaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti bilan birgalikda universitet rektori professor Bahodir Mirzaevning ishtiroki ham alohida ahamiyat kasb etdi. Rektorning o‘zlari ham ezgu niyatlar bilan bir nechta ko‘chat o‘tqazdilar. Tadbirda mas’ul sifatida prorektor Baxtiyor Xasanov va Mirzo ulug’bek tuman tuman prokuraturasi va obodonlashitirsh boshqarmasidan vakillar kelib ishtirok etishdi. Ko’chat o‘tqazish, suv quyish va ularni tizimli ravishda bir qator qilib ekilishi ham g’oyat go‘zal manzara. Pavlovniya va archa ko‘chatlari o‘ziga xos geometrik simmetriya asosida qatorlashtirib  ekildi.

Fakultet dekani Rashid Hakimov bir necha yillardan keyin bu manzaraga ko‘zi tushgan yo‘lovchi-yu haydovchilarning duosini olamiz deya ellik chog‘lik talabalarni ruhlantirdi. Dekan muovini Jamshid Turdiyev bir qo‘lida chelak, ikkinchi qo‘lida belkurak bilan barcha talabalarga ibrat bo‘ldi. Prorektor Baxtiyor Xasanov keltirilgan 500 ta archa, pavlovniya ko’chatlari olib kelingani ezgulik sari savobli ish ekanini qayd etdi.

Yerni kovlab, unga suv quyib, ko’chat o’tkazish bilan band bo’lgan talabalar benihoya shod bo’lib ko’tarinki ruh bilan ishlashdi.  Tadbirda SXTEB fakulteti jamoasi, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilari ham ishtirok etib ayricha shavq bilan mehnat qilishdi. Bu jarayon davomli tarzda  amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Universitet matbuot xizmati