Ilmga chanqoq talabalar amaliyoti
01.07.2022
Universitetet rektorining 25.06.2022 yildagi №717/t sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” “Meliorativ gidrogeologiya” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘quv-tanishuv amaliyotida bo‘lib nazariy olgan bilimlarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Talabalarga amaliyotni mazmunli tashkillashtirish maqsadida kafedra dotsenti S.Nurjanov tomonidan 30 iyun yoshlar kuni munosabati bilan kichik tadbir uyushtirilib talabalarning mazmunli hordiq chiqarishlariga zamin yaratildi, talabalar xursand holda amaliyot 2-ta ta'lim yo‘nalishidagi 80-taga yaqin turli dunyoqarashdagi insonlarni bitta oila kabi biriktirganliklarini, bir - birini tushunishni o‘rganganliklarini, kelajakda bunday dala o‘quv mashg‘ulotlari ko‘proq tashkillashtirilishi kerakligini bildirdi.
Universitet matbuot xizmati