Yashil makon loyihasida
25.04.2022
Joriy yilning 24-aprel kuni YRB fakultetining dekani Sharof Norbayev, fakultet tashkiliy ishlari bo‘yicha dekan muovini Sarvar Abduraxmonov va talabalar birgalikda havoning injiqligiga qaramasdan, "Yashil makon" umum milliy loyihasini amalga oshirush maqsadida ko‘kalamzorlashtirish uchun, ular universitetimizning Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan amaliyot o‘quv markazida bo‘lishdi

Talabalar kelgan zahoti ishga tushib "Tut" ko‘chatini o‘tqazishni boshladilar. birinchi ko‘chatni fakultet dekani Sharof Norbayev ikkinchi ko‘chatni dekan muovini Sarvar Abduraxmonov o‘tqazishdi.

Talabalar juda faol bo‘ldilar va zerikmasdan turli hazillar ostida ishni davom ettirdilar. Lekin ish qizg'in ketgani uchun talabalar yaqinda o‘tqazilgan "Terak" ko‘chatiga ham suv quyib chiqdilar. Talaba yoshlar bugun "Yashil makon" loyihasi asosida 150 dona TUT ko‘chatini o‘tqazishdi.
QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi To‘lqin Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati