“Agrosanoat va suv xoʻjaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

28.11.2026

#Ta`lim

          “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”  kafedrasi tomonidan 2026 - yil 27 - noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti  bilan hamkorlikda “Agrosanoat va suv xoʻjaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  tashkil qilindi.

         Konferensiyaning ochilish yalpi yigʻilishida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shokirov Shuxrat Sobirovich, K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti halqaro aloqalar boʻyicha prorektori Shevsov Pavel Anatolyevix, Qozogʻiston Milliy agrar tadqiqot universiteti “Agrotexnika va mashinasozlik” kafedrasi mudiri Niyazbayev Adilxan Kizatollinovich,  K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti kafedra mudiri Balabanov Viktor Ivanovichlar oʻzaro hamkorlikning istiqbollari toʻgʻrisida oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar va konferensiya ishiga muvofaqqiyat tiladilar.

          Konferensiya ishida  Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikalarining qator yetakchi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, izlanuvchilari agrosanoat va suv xoʻjaligi majmuasida mavjud boʻlgan dolzarb muammolar va ularning yechimiga bagʻishlangan  ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ma'ruzalarda koʻtarilgan muammolar va ularni bartaraf qilishda innovatsion texnologiyalarning keng tadbiq qilinishiga  bagʻishlangan ma'ruzalar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilinib, ularning yechimiga kelgusida qoʻshma ilmiy tadqiqot va amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.

         Konferensiya yalpi majlisidan soʻng ish ikkita seksiyada davom etdi:

1-seksiya. Suvdan foydalanishning innovatsion texnologiyalari.

2-seksiya. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalashtirishdagi zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari.

         

Seksiya ishlarida ma'ruzachilar  ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi. Ma'ruzalar ingliz va rus tillarida bayon etildi.

Konferensiya yakunida xalqaro ilmiy hamkorlikni kelgusida ham rivojlantirishga, uni an'anaviy ravishda har yili oʻtkazishga kelishib olindi.

 

Kafedra mudiri B.Norov axboroti