“Agrosanoat va suv xoʻjaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi
28.11.2026
“Gidromeliorativ ishlarni
mexanizatsiyalash” kafedrasi tomonidan 2026 - yil 27 - noyabr kuni
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” Milliy tadqiqot universiteti, K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya
davlat agrar univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda “Agrosanoat va suv
xoʻjaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya tashkil qilindi.
Konferensiyaning ochilish yalpi
yigʻilishida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy ishlar va
innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shokirov Shuxrat Sobirovich, K.A.Timiryazov
nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti halqaro aloqalar boʻyicha
prorektori Shevsov Pavel Anatolyevix, Qozogʻiston Milliy agrar tadqiqot
universiteti “Agrotexnika va mashinasozlik” kafedrasi mudiri Niyazbayev Adilxan
Kizatollinovich, K.A.Timiryazov nomidagi
MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti kafedra mudiri Balabanov Viktor
Ivanovichlar oʻzaro hamkorlikning istiqbollari toʻgʻrisida oʻz fikr
mulohazalarini bildirdilar va konferensiya ishiga muvofaqqiyat tiladilar.
Konferensiya ishida Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston
Respublikalarining qator yetakchi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot
institutlarining yetakchi olimlari, izlanuvchilari agrosanoat va suv xoʻjaligi
majmuasida mavjud boʻlgan dolzarb muammolar va ularning yechimiga
bagʻishlangan ma'ruzalari bilan ishtirok
etdilar.
Ma'ruzalarda koʻtarilgan muammolar va ularni bartaraf qilishda innovatsion
texnologiyalarning keng tadbiq qilinishiga
bagʻishlangan ma'ruzalar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilinib,
ularning yechimiga kelgusida qoʻshma ilmiy tadqiqot va amaliy loyihalarni
hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Konferensiya yalpi majlisidan soʻng
ish ikkita seksiyada davom etdi:
1-seksiya. Suvdan foydalanishning innovatsion
texnologiyalari.
2-seksiya. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini
mexanizatsiyalashtirishdagi zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari.
Seksiya ishlarida ma'ruzachilar ZOOM
platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi. Ma'ruzalar ingliz va rus tillarida
bayon etildi.
Konferensiya yakunida xalqaro ilmiy hamkorlikni kelgusida ham
rivojlantirishga, uni an'anaviy ravishda har yili oʻtkazishga kelishib olindi.
Kafedra mudiri B.Norov axboroti