«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoş avlodga yöllagan maktublari mazmun-mohiyatini keng tarğib etişga qaratilgan «Bir maktub — bir avlodga hayot saboği» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
26.11.2026
Tadbirda universitet rektori, professor Bahodir Mirzaev davlatimiz rahbarining maktubini talabalarga öqib eşittirdi. Unda Prezidentning nabirasiga nisbatan samimiy mehr-muhabbati orqali yoş avlod kelajagi, Vatan oldidagi mas’uliyat, ta’lim-tarbiya va mamlakat taraqqiyotiga daxldor muhim hayotiy qaraşlar bayon etilgan.
Maktubda Prezident nabirasi tomonidan berilgan «Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?» degan savolga javob berar ekan, öz faoliyati zamirida nafaqat oilasi, balki millionlab yurtdoşlarimiz farzandlarining kelajagi uçun mas’uliyat hissi turganini ta’kidlaydi.
Tadbir davomida Prezident maktublaridagi fikrlar yuzasidan talabalarga hayotiy saboqlar yetkazilib, ularning Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusi, kelajakka işonçi va ezgu maqsadlar sari intilişini mustahkamlaşga e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir Prezidentning nabirasiga yöllagan samimiy maktubi orqali barça yoşlarga qaratilgan hayotiy saboqlar, ezgu tilaklar va yuksak işonçni universitet talabalariga yetkazişga xizmat qildi.