“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Economic Transformation for the SDGs” xalqaro konferensiyasi bölib ötdi
24.11.2026
20-noyabr kuni universitetimiz Iqtisodiyot kafedrasi “Barqaror rivojlaniş maqsadlari yölida iqtisodiy transformatsiya: inklyuziv, yaşil va raqamli ösiş strategiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazdi. Anjumanda Özbekiston oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari olimlari bilan birga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Malayziyadan mehmonlar oflayn va onlayn qatnaşdi.
Konferensiyani Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor, texnika fanlari doktori Ş.S. Şokirov oçib berdi. Yalpi majlisda iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.R. Sanaqulova çeklangan resurslar şaroitida bioiqtisodiyot inqilobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.T. Asqarova esa Özbekistonda inklyuziv ösişni ta’minlaş haqida ma’ruza qildi. Germaniyaning Gissen universitetidan Dr. Zarema Axmadiyeva va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidan Dr. Muhammad Eid Balbaa xalqaro tajriba asosidagi tadqiqot natijalarini taqdim etdi.
Onlayn şöbada Buyuk Britaniyaning Dandi universitetidan Piotr Jaworski Adam Smitning “Xalqlar boyligi” asariga 250 yil tölişi munosabati bilan zamonaviy iqtisodiyot uçun saboqlar haqida sözladi. Italiyaning Özbekistondagi elçixonasi vakili Elena Bordato ikki davlat örtasidagi akademik hamkorlik, Malayziyaning Terengganu universitetidan Dr. Mona Fairuz ekoturizm haqida çiqiş qildi. Orol dengizining qurigan tubini yaşil iqtisodiy hududga aylantiriş imkoniyatlari ham alohida muhokama qilindi.
Konferensiya söngida doktorantlar, magistrantlar va talabalar öz tadqiqotlarini taqdim etib, tajribali olimlardan tavsiyalar oldi. Konferensiya materiallari töplami 5 ta şöba kesimida çop etildi.