Xalqaro hamkorlik
20.11.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş va boşqariş” kafedrasi PhD, katta öqituvçisi A. Botirov hamda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvçi energiya manbalari” kafedrasi assistenti B. Şodiyev DAADning “RE.Act” xalqaro loyihasi doirasida Qirğiziston Respublikasining S. Naamatov nomidagi Norin davlat universitetida ilmiy-pedagogik tajriba almaşdilar.
Taşrif davomida universitetning 3–4-bosqiç talabalari uçun A.Botirov tomonidan "Texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş va boşqarişning zamonaviy usullari hamda intellektual boşqaruv tizimlari", B.Şodiyev tomonidan esa "Qayta tiklanuvçi energiya manbalari, Markaziy Osiyoning energetik salohiyati va aqlli boşqaruv texnologiyalari" böyiça ma’ruzalar, seminar va laboratoriya maşğulotlari ötkazildi.
Şuningdek, universitet professor-öqituvçilari bilan uçraşuvlar taşkil etilib, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, öquv-uslubiy qöllanmalar tayyorlaş va ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro nufuzli naşrlarda çop etiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Bundan taşqari, universitetning zamonaviy laboratoriyalari, moddiy-texnik bazasi va öquv-uslubiy ta’minoti bilan tanişildi. Norin şahridagi energetika va avtomatlaştiriş obyektlariga taşrif buyurilib, ularning texnik holati örganildi.
Mazkur taşrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni almaşiş hamda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida qöşma loyihalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.