“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Italiyada kosmik texnologiyalar va Yer monitoringi böyiça xalqaro ilmiy-amaliy treningda iştirok etdi

18.11.2026

#Yangilik #Ta`lim

Joriy yilning 9–13-noyabr kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Şuxrat Şokirov, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri Zohid Mamatkulov va kafedra assistenti Zoirjon Abdurahmonov, “Gidrotexnika inşootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi assistenti Xojiakbar Xasanov, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi assistenti Şohjahon Hamidullayev hamda kafedra tayanç doktoranti Nozimjon Teşayevlardan iborat delegatsiyasi Italiya Respublikasining Rim şahrida bölib, Italiya Milliy tadqiqotlar kengaşining Yerni kuzatişning integratsiyalaşgan metodologiyalari instituti taklifiga binoan taşkil etilgan ilmiy-amaliy treningda iştirok etişdi.

Xizmat safari Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan moliyalaştirilayotgan AL-8424012339-sonli “Masofadan zondlaş, meteorologik ma’lumotlar va Geo-AI usullarini integratsiyalaş orqali iqlimga moslaşuvçan qişloq xöjaligini taşkil etiş” amaliy loyihasi doirasida amalga oşirildi.

“PRISMA giperspektral ma’lumotlari va optik masofadan zondlaş usullarini qişloq xöjaligi hamda atrof-muhit monitoringida qöllaş” mavzusida amalga oşirilgan trening davomida giperspektral ma’lumotlarni qayta işlaş, Italiyaning PRISMA sun’iy yöldoş ma’lumotlarini Sentinel va Landsat ma’lumotlari bilan integratsiyalaş, spektral tahlil va maşinali öqitiş algoritmlari yordamida yer yuzasi obyektlarini aniqlaş hamda tasniflaş usullari örganildi. Şuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan universitetda bajarilayotgan ilmiy loyiha natijalarini ham taqdim etdi.

Delegatsiya Italiyadagi kosmik tadqiqotlar markazi hamda Yevropa kosmik agentligi (ESA) bilan boğliq ilmiy-texnologik muassasalarga taşrif buyurib, kosmik texnologiyalarning qişloq xöjaligi ekinlari monitoringi, urbanizatsiya, yer qoplami özgarişlarini baholaş, tabiiy resurslarni boşqariş va kadastr sohalarida qöllanilişi böyiça xalqaro tajriba bilan tanişdi.

Safar davomida italiyalik hamkorlar bilan qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, xalqaro grant dasturlarida iştirok etiş, qöşma ilmiy maqolalar tayyorlaş, yoş tadqiqotçilar almaşinuvi hamda giperspektral texnologiyalar va Geo-AI yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Uşbu hamkorlik universitet ilmiy loyihalarining xalqaro ahamiyatini oşiriş va ilğor texnologiyalar transferini rivojlantirişga xizmat qiladi.