Özbekiston–Iordaniya rektorlar forumi: ta’limda sun’iy intellekt, qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalar

17.11.2026

#Xalqaro hamkorlik

Bugun “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bölib ötgan Özbekiston–Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari rektorlarining birinçi forumi ikki mamlakat universitetlari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim kelişuvlar bilan yakunlandi.

Forum doirasida ikki mamlakat vakillari sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va yaşil vodorod texnologiyalari, suv resurslarini samarali boşqariş, muhandislik ta’limi va dual ta’lim tizimi, tibbiy ta’lim va klinik amaliyotni rivojlantiriş kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar.

Panel sessiyalarida sun’iy intellekt asosida energetika tizimlarini takomillaştiriş, xalqaro hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlaş, barqaror energetikani rivojlantiriş va talabalar bilimini baholaşning zamonaviy usullari yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi.

Forum doirasida Özbekiston va Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari örtasida ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi, universitetlar örtasida qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişildi, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş, akademik mobillikni kengaytiriş istiqbollari belgilandi,  ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi, ikki mamlakat oliygohlari hamkorligining ustuvor vazifalarini belgilab beruvçi forum rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Mazkur forum universitetlararo aloqalarni amaliy hamkorlikka aylantiriş, xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş hamda Özbekiston–Iordaniya ta’lim şerikligini mustahkamlaş yölida muhim qadam böldi.