Tajriba-sinov işlari olib borilmoqda

17.11.2026

#Ta`lim #Yangilik

Ilmiy tadqiqot işlari doirasida 13.00.05 - “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi böyiça tayanç doktorantura izlanuvçisi Raximboyeva Guloyim Ikrom qizining “Kasbiy ta’lim tizimida raqamlaştiriş texnologiyasini takomillaştiriş metodikasi (Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun bir qator oliy ta’lim muassasalarida tadqiqot işlarini olib bormoqda. Jumladan, Çirçiq şaxar 1- son hamda Çilonzor tuman 1-son texnikumlarida tajriba-sinov işlari olib borilmoqda. Tajriba-sinov işlari davomida texnikumdagi ta’lim şart-şaroitlari, öquv jarayonida foydalaniladigan darslik va öquv-uslubiy qöllanmalar, talabalar bilimini baholaş mezonlari hamda baholaş vositalari bilan tanişildi. Şuningdek, dars maşğulotlari tahlil qilinib, amaldagi öqitiş usullari va ta’lim jarayonini yanada takomillaştiriş imkoniyatlari örganildi. Talabalarning fan böyiça boşlanğiç bilimlarini, ta’lim jarayoniga munosabatini hamda raqamli texnologiyalardan foydalaniş borasidagi fikrlarini aniqlaş maqsadida onlayn sörovnoma ötkazildi. Bundan taşqari, talabalar bilan suhbat va tanişuv taşkil etilib, kelgusidagi tajriba-sinov işlarini samarali taşkil etiş uçun zarur ma’lumotlar töplandi. Mazkur tadqiqot elektr maşinalari fanini öqitişda raqamli simulyatsiya vositalari va zamonaviy pedagogik yondaşuvlardan foydalaniş imkoniyatlarini örganiş, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga qaratilgan. Olib borilayotgan tajriba-sinov işlari natijalari asosida öqitiş metodikasini takomillaştiriş, ta’lim samaradorligini oşiriş va texnik ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni samarali tatbiq etiş böyiça ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqiş közda tutilgan.