Britaniya Kengaşining Özbekistondagi 30 yilligi munosabati bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori maxsus mukofot bilan taqdirlandi

17.11.2026

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

2026-yil 16-noyabr kuni Toşkent şahridagi “Wyndham Taşkent” mehmonxonasida Britaniya Kengaşining Özbekistondagi vakolatxonasi (Britiş Council Uzbekistan) tomonidan imtihon hamkorlari uçun yillik tantanali tadbir (Annual Exams Partner Event) taşkil etildi.

Britaniya Kengaşining Özbekistondagi faoliyatining 30 yilligiga bağişlab ötkazilgan uşbu nufuzli anjuman doirasida xalqaro imtihonlarni yuqori saviyada taşkil etiş va ta’lim sifatini oşirişga qöşgan munosib hissasi uçun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzayev “Imtihonlarni ötkazişdagi yuksak natijalar uçun” (Excellence in Test Delivery Award) maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot yorliğida universitet jamoasining professionalligi, işonçliligi va fidoyiligi minglab talaba-yoşlarga xalqaro darajadagi işonçli baholaş tizimlaridan foydalaniş hamda öz maqsadlariga dadil intiliş imkonini yaratgani alohida e’tirof etilgan. Şuningdek, Britaniya Kengaşining Özbekistondagi direktori Maykl Xoulgeyt (Miçael Houlgate) tomonidan jahon standartlariga mos imtihonlarni ötkazişdagi samarali hamkorlik uçun minnatdorlik bildirilgan.

Tadbir davomida til örganiş va baholaş bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, Britaniya Kengaşining yangi mahsulot va xizmatlar portfeli hamda hamkorlarni qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan taqdimotlar ötkazilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Uşbu e’tirof “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzi va global hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir yorqin tasdiğidir.