“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIDA O‘ZBEKISTON–IORDANIYA REKTORLARI FORUMI BO‘LIB O‘TADI

15.11.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026 yil 17-noyabr kuni soat 9:00 da «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston va Iordaniya oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumda Iordaniya Ta’lim va inson resurslarini rivojlantirish vaziri Azmi Maxafzax boshchiligidagi delegatsiya, Iordaniyaning yetakchi universitetlari rektorlari va vakillari, shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.

Sizlarni xalqaro forumda ishtirok etish, yangi bilim va tajribalar bilan tanishish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda muhim muloqot jarayonining bir qismi bo‘lishga taklif etamiz!

Sana: 2026 yil 17 noyabr

Vaqt: 09:00–18:00

Manzil: Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti.