“Ilm-fan qahramonlari - yoshlarga namuna”: faxriy ustoz Saidvali Rahmonov bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
12.11.2026
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 5-sentabrdagi 107-sonli qo‘shma
yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, “Ilm-fan
qahramonlari — yoshlarga namuna” loyihasi doirasida yoshlarning
ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga
sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
tashkil etildi.
Joriy yilning
12-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalari
ishtirokida faxriy ustoz, mehnat faxriysi, “Mehnat faxriysi”, “Mustaqillik”,
“Sadriddin Ayniy” va “Vatan iftixori” ko‘krak nishonlari sohibi Saidvali
Rahmonov bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv
davomida faxriy ustoz o‘zining boy hayotiy tajribasi, ko‘p yillik samarali
mehnat faoliyati, qishloq xo‘jaligi sohasidagi fidokorona xizmatlari hamda
kasbiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida talabalarga so‘zlab berdi.
Shuningdek, Saidvali
Rahmonov yoshlarga ilm olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash,
tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish, ustozlarga hurmat ko‘rsatish
hamda Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish yuzasidan qimmatli hayotiy
tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida 107-sonli
bayonda belgilangan bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga
aylantirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish hamda ularga
ibrat bo‘ladigan insonlarning hayoti va yutuqlarini keng targ‘ib etish
kabi ustuvor vazifalarning ahamiyati alohida namoyon bo‘ldi.
Ochiq muloqot
jarayonida talabalar faxriy ustozning hayot yo‘li, kasbiy tajribasi va erishgan
muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga
batafsil javob oldilar.
Mazkur uchrashuv
yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik hamda kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ustoz va
shogird an’analarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida
faxriy ustoz Saidvali Rahmonovga yoshlar tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib
hissasi, mazmunli suhbati va hayotiy saboqlari uchun samimiy minnatdorlik
bildirildi.
“Qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti
Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha
dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati