“Ilm-fan qahramonlari - yoshlarga namuna”: faxriy ustoz Saidvali Rahmonov bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

12.11.2026

#Ma`naviyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 5-sentabrdagi 107-sonli qo‘shma yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, “Ilm-fan qahramonlari — yoshlarga namuna” loyihasi doirasida yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 12-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalari ishtirokida faxriy ustoz, mehnat faxriysi, “Mehnat faxriysi”, “Mustaqillik”, “Sadriddin Ayniy” va “Vatan iftixori” ko‘krak nishonlari sohibi Saidvali Rahmonov bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida faxriy ustoz o‘zining boy hayotiy tajribasi, ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati, qishloq xo‘jaligi sohasidagi fidokorona xizmatlari hamda kasbiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida talabalarga so‘zlab berdi.

Shuningdek, Saidvali Rahmonov yoshlarga ilm olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish, ustozlarga hurmat ko‘rsatish hamda Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish yuzasidan qimmatli hayotiy tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida 107-sonli bayonda belgilangan bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish hamda ularga ibrat bo‘ladigan insonlarning hayoti va yutuqlarini keng targ‘ib etish kabi ustuvor vazifalarning ahamiyati alohida namoyon bo‘ldi.

Ochiq muloqot jarayonida talabalar faxriy ustozning hayot yo‘li, kasbiy tajribasi va erishgan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hamda kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ustoz va shogird an’analarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida faxriy ustoz Saidvali Rahmonovga yoshlar tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi, mazmunli suhbati va hayotiy saboqlari uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

 
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash 
bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti 
Universitet matbuot xizmati