Şörlangan yerlardan samarali foydalaniş böyiça ilmiy hamkorlik muhokamasi ötkazildi

12.11.2026

#Ta`lim #Yangilik

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, şörlangan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, tuproq unumdorligini saqlaş hamda qişloq xöjaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etiş maqsadida hamkor taşkilotlar vakillari iştirokida ilmiy muhokama ötkazildi.

Muhokamada Buxoro viloyati hokimining ilmiy maslahatçisi, professor Ş.J. Imomov tomonidan şörlangan yerlardan samarali foydalaniş va an’anaviy şör yuviş usullariga muqobil agrotexnologiyalarni işlab çiqiş böyiça olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.

Tadqiqot ma’lumotlariga köra, Buxoro viloyatidagi yer maydonlarining 99 foizida şör yuviş tadbirlari orqali dehqonçilik olib boriladi. Ötkazilgan tadqiqotlarda şör yuviş natijasida tuproqning şörlaniş darajasi 4 barobarga kamayişi bilan birga, gumus miqdorining ham 4,7 barobargaça kamayişi kuzatilgani qayd etildi.

Professor Ş.J.Imomov tomonidan taklif etilayotgan innovatsion usul şörlangan yerlarda an’anaviy şör yuviş tadbirlarini qöllamasdan ekin yetiştiriş imkoniyatlarini örganişga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga köra, mazkur texnologiya yordamida qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini 2–3 barobargaça oşiriş imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Ilmiy muhokamada “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” huzuridagi Qoraqalpoğiston mintaqaviy markazi direktori S.Ye.Qurbanbayev, Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi direktori B.S.Habibullayev hamda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi Ijroiya qömitasining Nukus filiali direktori A.O.Mambetkarimov iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida şörlangan yerlarda suv va tuproq resurslaridan oqilona foydalaniş, tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlaş, hosildorlikni oşiriş hamda taklif etilayotgan texnologiyaning Orolböyi hududlari şaroitida qöllaniş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarini işlab çiqariş şaroitida sinovdan ötkaziş, ularning agrotexnik, ekologik va iqtisodiy samaradorligini baholaş hamda manfaatdor ilmiy taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ilmiy hamkorlik şörlangan yerlarning unumdorligini saqlaş, suv resurslarini tejaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş samaradorligini oşiriş va Orolböyi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.