“Ta’lim metodlari va vositali” mavzusida ochiq dars tashkil etildi
12.11.2026
11-noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Professional ta’lim”kafedra professori, p.f.d. Ismailova Zuxra Karabaevnaning “Yer resurslari va kadastr” fakulteti 60220300 – Biologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha “Ta’lim metodlari va vositali” mavzusida o‘tkazilgan “Ochiq darsi” tashkil etildi.
Dars o‘z vaqtida mavzu doirasida noan’anaviy holda boshlandi. Bunda o‘qituvchi tomonidan darsning bugungi g‘oyasi “ Metod - bilimga olib boruvchi yo‘l” e’lon qilindi va reja bilan tanishtirildi. Darsning maqsadi vazifalari , metodlar turlari va ularning har biri uchun tavsiflar keltirib o‘tildi.
Darsning olib borish jarayonida ma’ruzasi tomonidan ena bir noan’anaviy shaklda guruhlardan 3 ta talaba tanlash e’lon qilindi va ularga dars davomini kuzatish va ular asosida darsning tugallanishigacha kuzatish va shular asosida ta’lim metodlari mavzu doirasida:”Ta’lim metodi xaritasi-ta’lim metodi formulasi –ta’lim metodi retsepti” ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Har bir talaba vatmanga mana shu topshiriqlar yuzasidan darsni kuzatishi va natijada berilgan topshiriqlar yuzasidan ma’lumotlar tayyorlashga kirishdilar va ular ham bevosita dars jarayonida o‘qituvchining ma’ruzasini tinglagan holda faoliyat olib bordilar.
Darsni kuzatish doirasida o‘qituvchi tomonidan bugungi o‘tilayotgan mavzu bevosita “Biologiya”yo‘nalishiga bog‘langan holda olib borilishi va pedagogika fanini soha yo‘nalishiga bog‘lab olib borish masalasini e’tiborga olish bu juda bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini o‘qituvchi e’tiborga olgani bu darsni faollashtirishiga ham sabab bo‘ldi. Bu o‘tilayotgan darsning ahamiyatli jihatlaridan biridir.
Darsda shu bilan birga butun guruh jamoasi bilan faollashtirish usullaridan “Bu qaysi metod”, “Guruhlar bellashuvi” “Klaster”, “Bahs”, “Keys”, «Aqliy hujum». foydalanildi. Shu bilan birga sharq mutafakkirlari , respublika olimlari va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari olimlarining asarlarida qo‘llanilgan metodlar ularning mazmun-mohiyati va ularning metodlarga yondashuvlari masalasiga ham e’tiborni qaratgan holda ma’ruza mavzusiga singdirilgan. Bu esa ma’ruzachining soha mutaxassis sifatida baholashga katta imkoniyatdir. Dars juda tushunarli va faollashtirilgan holda o‘tkazildi. Bugungi dars onlayn hamda oflayn shaklda o‘tkazildi. Bunda ekspertlar ham va respublikada faoliyat olib borayotgan institut va universitetlardan ham mutaxassislar qatnashdi.