"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Çangçun texnologiya universiteti örtasida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari yölga qöyilmoqda

12.11.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 11-noyabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning Çangçun texnologiya universiteti (Çangçun University of Teçnology) örtasida xorijiy hamkorlik ta’lim dasturiga bağişlangan rasmiy uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va istiqbolli yönalişlarda hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Oliy matematika" kafedrasi professori Z.K.Eşkuvatov va dotsent A.A.Abdullayevlar iştirokçilarga universitetimizning ilmiy-salohiyati, ta’lim imkoniyatlari va amalga oşirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berib ötdi. Şuningdek, ikki universitet olimlari va tadqiqotçilari örtasida qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda xalqaro grant dasturlarida birgalikda qatnaşiş böyiça takliflar bildirildi.

Mazkur uçraşuv ikki universitet örtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqiçga kötarib, ilmiy tadqiqotlar kölamini yanada kengaytirişga xizmat qiladi.