“TIQXMMI” faoliyati transformatsiya qilinadi: o‘qitishga sun’iy intellekt joriy etiladi
09.11.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligi davrida amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Unda oliy ta’lim va ilm-fanga oid quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamg‘arma tashabbuslarini amalga oshirishda asosiy ilmiy-tahliliy platforma bo‘ladi va faoliyati to‘liq transformatsiya qilinadi;
➖ ta’lim va tadqiqot jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ishlari jadallashtiriladi;
➖ Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun suv xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma bakalavriat hamda magistratura dasturlari ishga tushiriladi;
➖ Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi hamda cho‘llanishga qarshi kurashishda xalqaro investitsiya va grantlar jalb etiladi;
➖ umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 133 ta loyihani amalga oshirishga professor-olimlar va xorijdagi vatandoshlar keng jalb qilinadi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan oylar kesimida “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.