Joriy yilning 7-noyabr kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori universitetning 2-, 3- va 4-sonli talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
08.11.2026
Tashrif davomida talabalar turar joylarining umumiy holati, yashash va ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, moddiy-texnik baza hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va takliflarini inobatga olish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida talabalar turar joylarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, zarur jihozlar bilan ta’minlash, isitish tizimlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Rektor talabalar uchun qulay, xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini yaratish, kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.