Ehtiromning e’tirofi

05.11.2026

#Yangilik

Davlatimiz rahbarining paxtakor va fermerlarga yöllagan tabrigi universitetimiz jamoasida katta ruh va işonç bağişladi. Tabrikda suvçi, mexanizator, olim va mutaxassislar ğalabaning ijodkorlari sifatida tilga olingani biz uçun alohida mas’uliyatdir.

Zero, suv tejovçi texnologiyalar, mexanizatsiya va raqamlaştiriş böyiça mutaxassislar tayyorlaş hamda ilmiy işlanmalar yaratiş "TIQXMMI" MTU faoliyatining asosini taşkil etadi.

Biz ham 5 million tonnadan ziyod hosil yetiştirgan har bir dehqon, fermer va klaster xodimini çin qalbdan tabriklaymiz.

Tabrikda bizni, ya’ni suv va qişloq xöjaligi mutaxassislarini tayyorlovçi jamoani, alohida quvontirgan fikrlar bor.

Birinçidan, suvçi, mexanizator, olim va mutaxassislar ğalabaning ijodkorlari sifatida tilga olingan.

Ikkinçidan, sohani ilm-fan va zamonaviy agrotexnologiyalar asosida rivojlantiriş ustuvor deb belgilangan. Bu bizga katta işonç va katta mas’uliyat yuklaydi.

Suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki barobar kamayib, har bir kub metr suvdan olinayotgan hosil oşgani meni alohida öylantirdi. Bu şunçaki texnik natija emas: bu suvga munosabat madaniyati özgarayotganining belgisi. Suvni qadrlaş xalqimiz ma’naviyatida qadimdan bor, bugun esa u fan, texnologiya va hisob-kitob bilan mustahkamlanmoqda.

Iqlim özgarişi kuçaygan yilda ham yuksak hosil olinişi şuni körsatadiki, kelajak suvni tejaydigan, texnikani biladigan va mas’uliyatni his qiladigan mutaxassislarniki.

Tabrikda öqituvçi va talabalarni dala işlariga jalb etişga çek qöyilgani ham eslatildi. Bu talabalarimiz endi töliq öqişga, ilmga va ixtisoslik amaliyotiga e’tibor qaratişi uçun imkoniyat. Mexanizatsiya, dronlar, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt kelgusi yil maqsadlarining asosi sifatida körsatilgan ekan, bu yönalişlar böyiça bilim beruvçi universitet jamoasi ustiga katta vazifa tuşadi. Biz talabalarimizga nafaqat texnik bilim, balki suvga, tuproqqa va mehnatga ma’suliyatli munosabatni ham singdirişga intilamiz.

Barça mirişkorlarga sihat-salomatlik, oilalariga baxt va farovonlik tilaymiz. Universitetimiz jamoasi ham bu borada özining ilmiy-ta’limiy va amaliy salohiyatini baxşida etişga hamişa tayyor. Kelgusi yilgi marralarga ham möl suv, serhosil dalalar va yuksak xirmonlar bilan erişişlarida kömakdoşmiz!

Rahimboy Jumaniyozov, "TIQXMMI" MTU matbuot kotibi, professor.