Hamkorlik memorandumi doirasida «Kiberpsixologiya» mavzusida mahorat darsi
05.11.2026
Joriy yilning 5-noyabr kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti va Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti örtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida universitetimizda mahorat darsi bölib ötdi.
Mahorat darsini Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Abdullajanova Dilnoza Sultanbekovna olib bordi. Dars «Umumiy psixologiya» fanidan Fizika yönalişining 219, 220 va 221-guruh talabalari iştirokida «Kiberpsixologiya» mavzusida taşkil etildi.
Ma’ruzada kiberpsixologiyaning fan sifatida şakllanişi, raqamli muhitda şaxs xulq-atvori va uning özgarişi haqida söz bordi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, kiberbulling, raqamli identiklik hamda axborot xavfsizligining psixologik jihatlari ham yoritildi. Mehmon professor yoşlarning virtual makonda özini özi boşqariş va axborotni tanqidiy baholaş könikmalarini rivojlantiriş muhimligini ham ta’kidladi.
Mahorat darsi savol-javob tarzida davom etdi. Talabalar ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalaniş, onlayn muloqotning psixologik ta’siri va raqamli gigiyena bilan bağliq savollariga batafsil javob oldilar.
Mazkur taşrif ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi özaro hamkorlikning davomi bölib, avvalroq universitetimiz «Professional ta’lim» kafedrasi professori G.N.Baykunusova Jamoat xavfsizligi universitetida mahorat darsi ötkazgan edi.
Mahorat darsi talabalarning psixologik bilimlarini çuqurlaştiriş, öquv jarayoniga ilğor tajribalarni joriy etiş hamda universitetlararo ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
«Professional ta’lim» kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti