Özbekiston Respublikasining 2027-2050 yillarga möljallangan Suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof muhitni muhofaza qiliş strategiyasi loyihasi taqdim etildi
05.11.2026
Toşkent, «01-05» noyabr 2026 yil. «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti akademigi, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi Vladimir Lvoviç Kvint rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan Q’zbekistonning qator sohalari etakçi mutaxasisslari va olimlari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan «Özbekiston Respublikasining 2027-2050 yillarga möljallangan suvdan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş milliy strategiyasi» loyihasi taqdim etildi.
Mazkur taqdimot Strategiyani işlab çiqiş böyiça qariyib bir yil dovomida olib borilgan katta hajmdagi işning yakuniy bosqiçi böldi. Strategiya loyihasi yöl xaritalari bilan birga 10 tomdan iborat bölib, umumiy hajmi 4 271 betni taşkil etadi.
Strategiya töqqizta strategik kontur doirasida şakllantirilgan: Inson ekologiyasi; Suvdan oqilona foydalanişning innovatsion kimyoviy texnologiyalari; Suv resurslaridan samarali foydalaniş va ularni muhofaza qiliş; Ekologik barqarorlik va aylanma iqtisodiyot; Örmonlar va landşaftlarning ekologik salohiyati; Ekologik turizmning hududiy salohiyati; Raqamli boşqaruv markazlari; Suv ta’minoti kiberfizik tizimlarining strategik xavfsizligi; Strategiyani moliyaviy ta’minlaş salohiyati.
Hujjatda 43 ta ustuvor yönaliş, 140 ta maqsad, 455 ta vazifa va 10773 ta tadbir belgilangan. Strategiyani amalga oşiriş böyiça yöl xaritasi taklif etilgan. Yöl xaritalari ijrosi uçun Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Suv xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ta’lim va ilm-fan vazirligi kabi 20 dan ortiq vazirlik va idoralar mas’ul etib belgilangan.
Taqdim etilgan strategiya loyihasi taqdimotda iştirok etgan turli aloqador idora va sohalarning mutasaddi mutaxassilari şuningdek olimlar tomonidan ma’qullandi hamda uni amaldagi tartib asosida berilgan takliflarni inobatga olgan holda keyingi bosqiçlarda körib çiqişga tavsiya etildi.
Özbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqiçida suv resurslarini barqaror boşqariş va ulardan samarali foydalaniş – yuqori, davlat darajadagi ahamiyatga ega bölgan masaladir. Mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof muhitni muhofaza qiliş böyiça yagona strategiyani işlab çiqilişi maskur masala eçimi yölidagi muhim qadam hisoblanadi.
Ma’lumot uçun: Vladimir Lvoviç Kvint - iqtisod fanlari doktori, professor, MDU Moskva iqtisodiyot maktabining Iqtisodiy va moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri, MDU Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etiş instituti Strategik tadqiqotlar markazi direktori, RFA xorijiy a’zosi. U M.V.Lomonosov nomidagi I darajali mukofot, Özbekiston Respublikasining fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati, «Döstlik» ordeni hamda «Oliy ta’lim a’loçisi», «Suv xöjaligi a’loçisi» va «Tabiat himoyaçisi» kökrak nişonlari sohibi.