Uch birlik — rag‘bat, imkoniyat va madadning kuchi

03.11.2026

#Ta`lim #Yangilik

Prezident Şavkat Mirziyoevning Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi muhokama qilingan yiğilişda «bilimga — rağbat, mehnatga — imkoniyat, taşabbusga — madad» tamoyilini ilgari surdi. Bu fikr birinçi qaraşda iqtisodiy siyosatga oid körsatmadek tuyuladi. Aslida esa u ta’lim taraqqiyotining butun zanjirini — öqiş, işlaş va yaratişni — qamrab oladi va har bir böğinni boşqasini töldiruvçi yaxlit tizim sifatida körsatadi.

Bilimga — rağbat: örganiş motivatsiyasi

Ta’lim samaradorligi köp jihatdan örganuvçining içki qiziqişiga boğliq. Bu qiziqiş esa jamiyatning bilimga bölgan munosabatidan oziqlanadi. Yoşlar zamonaviy kasb, xorijiy til va çuqur bilim egallaş kelajakka qöyilgan işonçli sarmoya ekanini körsa, öqişga intiliş kuçayadi. Rağbat moddiy (grant, stipendiya, imtiyozli kredit) ham, ma’naviy (e’tirof, obrö, kasbiy ösiş yöli) ham bölişi mumkin.

Pedagogik nuqtai nazardan bu taşqi motivatsiyani içki motivatsiyaga aylantiriş jarayonidir. Rağbat körgan öquvçi bilimni faqat imtihon uçun emas, hayot uçun örganadi. Bunda öqituvçi şaxsining örni alohida: uning pedagogik mahorati, nutq madaniyati va örganuvçi fikrini töğri anglay oliş qobiliyati (germenevtik kompetensiya) yoşda «men qila olaman» degan işonçni şakllantiradi. Rağbat şu işonçga suyangandagina samara beradi.

Yoşlarga qaratilgan davlat siyosati bu yondaşuvning amaliy ifodasidir. Prezidentning 2026 yil 24 fevraldagi yoşlar bilan muloqotida yurtimizda 22 milliondan ziyod yoşlar borligi, ularda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuç köriş lozimligi ta’kidlandi. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoşlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumuş va 221 ta bronza medalini qölga kiritgani, 63 ta startap loyiha AQŞ, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va BAA bozoriga çiqqani qayd etildi. Bu raqamlar rağbat va imkoniyat birga işlaganda qanday natija berişi haqida dalolat beradi.

Mehnatga — imkoniyat: bilimning amaliy qiymati

Bilim amalda qöllanilmasa, qadrini yöqotadi. Halol va samarali mehnat qilişni istagan har bir fuqaroga munosib şaroit va iş örinlari yaratiş ta’lim tizimiga ikki xil ta’sir körsatadi. Birinçidan, diplom va iş örtasidagi uziliş qisqaradi, öqiş aniq maqsadga yönaladi. Ikkinçidan, ta’lim muassasalari iş beruvçilar bilan yaqin hamkorlikka undaladi: amaliyot, dual ta’lim, işlab çiqariş bilan integratsiya şu mantiqning natijasi.

Qaşqadaryo viloyati misolida bu yaqqol körinadi. 2026 yil 10 martdagi yiğilişda viloyatda 2026 yilda işsizlikni 3,2 foizga, kambağallikni 3 foizga tuşirişga qaratilgan maqsadlar belgilandi. Şuningdek, 2026 yilda 3000 nafar, 2027 yilda 5000 nafar yoşni Germaniyaga işga yönaltiriş va ularni öqitiş uçun Qarşi şahrida Ta’lim va texnologiyalar markazi oçiş rejalaştirilgani ma’lum qilindi. Demak, imkoniyat ta’limdan boşlanadi: kasb va til örgatiladi, şundan keyin işga yöl oçiladi.

Muhandislik-texnik ta’limda bu tamoyil ayniqsa dolzarb. Yiğilişda viloyat uçun eng oğir masalalardan biri suv ta’minoti ekani qayd etildi. Irrigatsiya, suv xöjaligi va qişloq xöjaligi mexanizatsiyasi sohalarida tayyorlanadigan mutaxassislar aynan şu muammolarni hal etadigan kadrlardir. Ular uçun işlab çiqariş bilan boğlangan ta’lim va real loyihalarda iştirok etiş imkoniyati malaka şakllanişining asosiy şarti hisoblanadi.

Taşabbusga — madad: yaratuvçanlikka yöl

Uçinçi birlik — eng yuqori bosqiç, ya’ni yaratuvçanlik. Bilimli va mehnatsevar inson öz ğoyasi bilan çiqqanda unga hokimliklar va banklar tomonidan moliyaviy hamda taşkiliy kömak berilişi şart. Aks holda eng yaxşi ğoyalar ham qoğozda qolib ketadi. Bu tamoyil ta’limda startap, innovatsion loyiha va ilmiy işlanmalarni tijoratlaştirişga yöl oçadi.

Prezident Qaşqadaryo viloyatiga bağişlangan yiğilişlardan birida Kitob tumanidagi tadbirkorning IT-klaster va universitet oçiş taşabbusini ma’qullagani ham şu tamoyilning amaldagi ifodasidir. Talaba yoki yoş olim öz işlanmasi biznes loyihaga aylanişi mumkinligini körsa, ta’limni ijodiy jarayon sifatida qabul qiladi va öz bilimiga yanada mas’uliyat bilan yondaşadi.

Nega aynan «uç birlik»?

Bu uç tamoyilning kuçi ularning alohida emas, birga işlaşidadir. Rağbatsiz bilim susayadi, imkoniyatsiz bilim bekor ketadi, madadsiz taşabbus sönadi. Rağbat öqişga, imkoniyat işga, madad yaratişga yöl oçadi va uç böğin bir-birini ta’minlaydi. Bu mantiq pedagogikadagi motivatsiya, amaliy faoliyat va ijodiy rivojlaniş bosqiçlariga töla mos keladi.

Ta’lim taraqqiyotiga ta’siri

Birinchidan, yondashuv ta’lim sifatini baholashda yangi mezon beradi: bitiruvchining ish topa olishi va o‘z ishini boshlay olishi. Ikkinchidan, u o‘qituvchining rolini o‘zgartiradi. Zamonaviy pedagog shunchaki bilim beruvchi emas, o‘rganuvchini yo‘naltiruvchi va uning tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi murabbiydir. Uchinchidan, oliy ta’lim muassasalari ish beruvchilar, banklar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlashga, ya’ni «ta’lim — ishlab chiqarish — moliya» zanjirini shakllantirishga rag‘batlanadi.

Xulosa qilib aytganda, «rag‘bat — imkoniyat — madad» tizimi ta’limni jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi darajasiga ko‘taradi. Uni amalda ro‘yobga chiqarish davlat, ta’lim muassasalari, tadbirkorlar va oilalarning hamkorligiga bog‘liq. Har birimiz o‘z o‘rnimizda o‘quvchiga rag‘bat, ishchiga imkoniyat, tashabbuskorga madad bera olsak, bu g‘oya hayotga to‘la tatbiq etiladi.

 Rahimboy Jumaniyozov, Pedagogika fanlari doktori, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining professori, "Ma’rifat" tarğibotçilar jamiyati a’zosi