TIIAME Orbit — Universitetning kosmik orbitadagi jamoasi

02.11.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

2026-yil 26-oktyabrdan 1-noyabrga qadar Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida ilk bor Xalqaro kosmik öyinlar (XKO) bölib ötmoqda. «Skolkovo» innovatsion markazida taşkil etilgan mazkur xalqaro muhandislik musobaqasida dunyoning yetti davlatidan 250 nafardan ortiq yoş muhandis va mutaxassislar iştirok etmoqda.

Xalqaro kosmik öyinlarda Özbekiston milliy jamoasi nomidan TIIAME ORBIT - Universitetning kosmik orbita jamoasi qatnaşmoqda. TIIAME ORBIT milliy jamoani şakllantiriş va tayyorlaş universitetning EcoGIS markazida amalga oşirildi.

Musobaqa iştirokçilari maxsus jihozlangan Mars ilmiy stansiyalarida yaşab, 48 soat davomida avtonom rejimda turli muhandislik va texnologik vazifalarni bajaradilar. Ilk ekspeditsiya 27–29-oktyabr kunlari bölib ötib, unda Özbekiston, Rossiya, Meksika va Pokiston terma jamoalari iştirok etdi. Musobaqaning asosiy maqsadi — xalqaro jamoalar hamkorligida kosmik missiyani amalga oşiriş va boşqa sayyorada avtonom aholi manzilining barqaror faoliyatini ta’minlaşga qaratilgan vazifalarni hal etişdir.

Xalqaro kosmik öyinlar talabalarning muhandislik salohiyatini rivojlantiriş, amaliy tajriba orttiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş uçun muhim maydon hisoblanadi.