«Agrowater management — 2026» xalqaro dasturining birinçi kuni universitetimizda bölib ötdi

02.11.2026

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida «Qişloq va suv xöjaligida barqaror boşqaruv va samaradorlik» mavzusidagi maxsus xalqaro öquv-tanişuv dasturining birinçi kuni bölib ötdi.

Dasturda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjondan kelgan 50 nafar qişloq va suv xöjaligi sohasi rahbarlari hamda mutaxassislari iştirok etmoqda.

Tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, qişloq va suv xöjaligi vaziri, Agrobank rahbariyati hamda xalqaro delegatsiya a’zolari qatnaşdilar.

Dastur doirasida Özbekistonda qişloq xöjaligida zamonaviy klaster tizimini joriy etiş, suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş masalalari yuzasidan taqdimotlar ötkazildi.

Xalqaro dastur mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalar almaşinuvi va qişloq hamda suv xöjaligida samarali boşqaruv yondaşuvlarini rivojlantirişga qaratilgan.