“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xitoydagi nufuzli xalqaro alyans a’zosiga aylandi

31.10.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026-yil 30–31-oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian (Xi’an) şahrida Ekologik suv xöjaligi va yangi energiya xalqaro alyansining (International Alliance of Ecological Water Conservancy and New Energy) 2026-yilgi yillik yiğilişi hamda xalqaro hamkorlik forumi bölib ötdi.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbir Sian texnologiya universiteti (Xi’an University of Teçnology) hamda xalqaro alyans hamkorligida yuqori saviyada taşkil etildi. Unda Xitoy va boşqa mamlakatlarning yetakçi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha mutaxassislari vakillari iştirok etdi.

30-oktyabr” kuni hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş yölida muhim uçraşuv bölib ötdi. Unda “TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti vakillari Sian texnologiya universiteti vitse-prezidenti bilan uçraşdi. Muloqot davomida ikki universitet örtasida mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, ilmiy tadqiqotlar, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi hamda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

31-oktyabr kuni bölib ötgan tantanali oçiliş marosimida TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi nomidan Doktorantura bölimi boşliği F. Babajanov nutq sözladi. U öz çiqişida universitetimizning suv xöjaligi, irrigatsiya, qişloq xöjaligi, muhandislik va ekologiya yönalişlaridagi ilmiy-ta’limiy salohiyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, suv resurslaridan samarali foydalaniş, ekologik barqarorlik va yangi energiya manbalarini rivojlantirişda xalqaro ilmiy hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasidagi eng muhim natijalardan biri — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ekologik suv xöjaligi va yangi energiya xalqaro alyansi tarkibiga yangi a’zo sifatida rasman qabul qilinişi böldi. Oçiliş marosimida yangi a’zo taşkilotlarga a’zolikni tasdiqlovçi ramziy lavhalarni topşiriş marosimi ham taşkil etildi.

Uşbu a’zolik universitetimiz uçun xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan bevosita aloqalarni mustahkamlaş, qöşma ilmiy loyihalarda iştirok etiş hamda yangi akademik imkoniyatlarni yaratiş yölida muhim qadam hisoblanadi.

Xalqaro forum doirasida suv resurslarini boşqariş, qurğoqçil hududlarda suv xöjaligini rivojlantiriş, ekologik muhofaza, muhandislik xavfsizligi, elektr energetikasi va yangi energiya manbalari kabi dolzarb yönalişlarda xalqaro ilmiy sessiyalar ham taşkil etildi. Unda turli mamlakatlardan kelgan olimlar va mutaxassislar öz ilmiy işlanmalari, tajribalari va innovatsion yeçimlari bilan örtoqlaşdilar.

Ta’kidlaş joizki, ikki kun davomida taşkil etilgan tadbirlar mazmuni, xalqaro iştirokçilar tarkibi, ilmiy ma’ruzalar saviyasi hamda taşkiliy jihatdan puxta tayyorgarligi bilan alohida e’tiborga sazovor böldi. Mehmonlar uçun yaratilgan qulay şaroitlar, samimiy kutib oliş va barça jarayonlarning yuqori darajada taşkil etilgani xalqaro hamkorlikka bölgan yuksak e’tibor namunasini namoyon etdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining mazkur xalqaro alyansga a’zo bölişi universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatini keng xalqaro maydonda namoyon etiş hamda suv xöjaligi va barqaror rivojlaniş yönalişlarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratişga xizmat qiladi.