Dual ta’lim amaliyoti monitoring qilindi

30.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” MTU Yer tuziş va kadastr fakultetining 4-bosqiç talabalari Xolboyev Islombek va Madaminova Sevinçoyning Xorazm viloyati Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi kadastr taşkilotlarida dual ta’lim asosida ötayotgan amaliyoti monitoring qilindi.

Monitoring davomida Xorazm viloyati hokimining ilmiy maslahatçisi B. Matyakubov talabalar, işlab çiqariş amaliyoti rahbarlari, Kadastr agentligining tuman filiallari rahbarlari hamda mutaxassislar bilan suhbatlaşdi.

Suhbatlar davomida talabalarning dual ta’limda iştiroki yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş va kasbiy könikmalarni rivojlantiriş böyiça tavsiyalar berildi.

Mazkur monitoring Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş hamda dual ta’lim samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.