Universitetimiz vakili “hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovi ğolibi

30.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari milliy tadqiqot universiteti Texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş va boşqaruv kafedrasi PhD assistenti Isaqova Matluba Abduhalimovna “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi.

Mazkur tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilgan. Tanlov xotin-qizlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş, istiqbolli işlanmalarni qöllab-quvvatlaş va ularni amaliyotga joriy etişga qaratilgan.

Tanlovga taqdim etilgan “SmartPress” loyihasi paxta çigitini presslaş jarayonini virtual datçik va matematik model asosida avtomatik boşqarişga yönaltirilgan innovatsion işlanma hisoblanadi.

2026-yil 29-oktabr kuni Toşkent şahridagi CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro körgazmalar majmuasida “InnoWeek.Uz–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Haftalik “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etildi.

Uşbu yutuq universitetimizda ilmiy izlanişlar va innovatsion işlanmalarni rivojlantiriş yölidagi muhim natijalardan biridir.

Universitet jamoasi Isaqova Matluba Abduhalimovnani uşbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!