InnoWeek–2026 doirasida olimlar va tadqiqotçilar taqdirlandi
30.10.2026
InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida ilmiy faoliyat samaradorligi va naşriyot sohasidagi yutuqlarni e’tirof etişga qaratilgan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Sönggi beş yilda Özbekiston olimlarining xalqaro ilmiy bazalardagi naşrlar soni sezilarli darajada oşdi. Jumladan, Scopus bazasida indekslangan maqolalar soni 3 500 tadan qariyb 11 000 taga, Web of Science bazasida esa 1 300 tadan qariyb 4 800 taga yetdi.
Marosimda ikki nominatsiya böyiça ğoliblar e’tirof etildi:
“Yilning eng yetakçi muallifi” — xalqaro ilmiy bazalarda yuqori naşriy faollik körsatgan olimlarni e’tirof etiş uçun;
“Yilning eng faol noşiri” — ilmiy naşriyot faoliyatidagi natijalarni e’tirof etiş uçun.
Nomzodlarni saralaşda Scopus bazasining 27 ta va Web of Science bazasining 10 ta fan yönalişi böyiça körsatkiçlar körib çiqildi. Şuningdek, ilmiy halollik va naşr etiş etikasi masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Jami 31 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot taşkilotidan 59 nafar olim taqdirlandi.
Mazkur marosim ilmiy naşrlar sifatini oşiriş, xalqaro ilmiy maydondagi faollikni e’tirof etiş va akademik halollik tamoyillariga rioya etiş muhimligini yana bir bor körsatdi.