Mahorat darsi yakunlari
29.10.2026
«Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Iqtisodiyot» kafedrasi tomonidan navbatdagi mahorat darsi yuqori saviyada taşkil etildi. Mavzu: «Birinçi jamğarmalar: bank omonatini qanday qilib töğri oçiş kerak» Spiker: Zuy Anastasiya Sergeyevna — «Kapitalbank» ATB Mahsulotlarni tahlil qiliş va rivojlantiriş boşqarmasi boşliği. Mahorat darsi davomida talabalarga bank omonatlarining turlari, ularning foiz stavkalari, omonat oçiş tartibi hamda dastlabki jamğarmalarni şakllantirişning samarali usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, şaxsiy moliyani oqilona boşqariş, moliyaviy savodxonlikni oşiriş va kelajak uçun mustahkam moliyaviy poydevor yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir interaktiv muloqot, savol-javoblar va fikr almaşuvlar ruhida ötdi. Yakunda mahorat darsida faol iştirok etgan talabalarga esdalik sovğalari topşirildi. Mazkur mahorat darsi talabalarning moliyaviy savodxonligini oşiriş, bank xizmatlaridan oqilona foydalaniş könikmalarini şakllantiriş hamda şaxsiy moliyani samarali boşqariş böyiça bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qildi.