Nufuzli ilmiy simpoziumda

28.10.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Birlaşgan kuraş dunyosi (United World Wrestling — UWW) Ilmiy komissiyasi tadbirlari doirasida sport kuraşida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qöllaş masalalariga bağişlangan ilmiy simpozium 2026-yil 26-oktabr kuni Ostona şahrida bölib ötdi.

Iştirokçilarda “TIQXMMI”  MTU "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi professori Fikrat Kerimovning quyidagi mavzulardagi ma’ruzalari alohida qiziqiş uyğotdi: “Erkin va yunon-rum kuraşi texnikasini örgatişda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qöllaş” hamda “Yuqori malakali sportçilarni köp yillik tayyorlaş jarayonida tezkor-kuç körsatkiçlarini monitoring qiliş”. Taqdim etilgan ilmiy tadqiqotlar qizğin muhokamalarga sabab böldi hamda sportçilar tayyorgarligini takomillaştirişda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş istiqbollarini namoyon etdi. Tadbirda UWWning yangi saylangan prezidenti janob Nenad Laloviç, UWW Ilmiy komissiyasi a’zolari, şuningdek, sport fani va raqamli texnologiyalar sohasidagi taklif etilgan mutaxassislar iştirok etdilar.

Hurmat va ehtirom ramzi sifatida professor Fikrat Kerimov janob Nenad Laloviçga Özbekistonda naşr etilgan “Sportda sun’iy intellekt” (Artificial Intelligence in Sports) nomli ilk kitobni sovğa qildi.

UWW tarkibida sport kuraşiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişga yönaltirilgan maxsus komissiya taşkil etilgan.

Mazkur komissiya tarkibiga “TIQXMMI” va MTU "Jismoniy tarbiya va sport" kafedra professori Fikrat Kerimov kiritildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati