Sport — iroda, matonat va yuksak marralar timsoli: prezident olimpiadasining oçiliş marosimida universitetimiz talabalari ham iştirok etdi
28.10.2026
2026-yil 27-oktabr kuni Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida ikkinçi bor taşkil etilayotgan Prezident Olimpiadasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Mazkur nufuzli sport tadbirida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari ham iştirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantiriş, yoşlarni soğlom turmuş tarziga keng jalb etiş va ularda Vatanga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaşga qaratilgan muhim tadbirning guvohi böldilar.
Tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, musobaqa qatnaşçilarini qutladi. Oçiliş marosimida hududiy terma jamoalar hamda 2026-yilgi Osiyo va Paraosiyo öyinlari ğoliblari saf tortdi. Davlat madhiyasi yangrab, bayramona konsert dasturi namoyiş etildi. Tadbir yakunida Prezident Olimpiadasi maş’alasi yoqilib, musobaqalarga rasman start berildi.
Joriy yilgi Prezident Olimpiadasida mamlakatimiz hududlaridan 3,5 ming nafardan ortiq yoş sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça özaro kuç sinaşadi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qilmoqda.
Oçiliş marosimi yoşlar uçun sportning nafaqat jismoniy çiniqiş, balki kuçli iroda, qat’iyat, intizom va jamoaviy hamjihatlik maktabi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bunday yirik tadbirlarda talabalarning iştiroki ularda sportga bölgan qiziqişni oşiriş, faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş va yurtimiz sport yutuqlariga daxldorlik hissini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetimiz talabalari iştirok etgan uşbu tantanali marosim yoş avlodni ezgu maqsadlar sari intiliş, öz ustida muntazam işlaş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş va Vatan ravnaqi yölida munosib hissa qöşişga undaydigan unutilmas voqea böldi.
Zero, sport — iroda va matonat maktabi, ğalaba sari intiliş esa yuksak marralarning boşlanişidir!