Vengriyaning Óbuda universiteti professori Dr. Utku Kale “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida ilmiy ma’ruza ötkazdi

28.10.2026

#Yangilik #Xalqaro hamkorlik #Ta`lim

2026-yil 27-oktabr kuni “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari” Milliy tadqiqot universitetining “Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş” fakultetida Vengriyaning Óbuda universiteti Kármán kosmik markazi vakili, Prof. Dr. Utku Kale iştirokida xalqaro ilmiy ma’ruza taşkil etildi.

Tadbir boşlanişidan avval “Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş” fakulteti dekani, professor Botirov Şavkat Ğofuroviç, Óbuda universiteti Kármán kosmik markazi vakili, dotsent Dr. Utku Kale va PhD, dotsent Ğozal Eşçanova örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Óbuda universiteti örtasida yölga qöyilgan hamkorlikni yanada rivojlantiriş, aviatsiya va aerokosmik texnologiyalar sohasida qöşma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, akademik aloqalarni kengaytiriş va xalqaro tajriba almaşinuvini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uçraşuv mavjud hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, istiqbolli ilmiy yönalişlarda özaro hamkorlikni kengaytiriş hamda kelgusida yangi ilmiy va akademik taşabbuslarni amalga oşiriş uçun muhim imkoniyat böldi.

Şundan söng universitetning V korpus, 205-xonasida “Zamonaviy aviatsiya texnologiyalari şaroitida uçuvçilar va havo harakatini boşqariş dispetçerlarining umumiy iş yuklamasini baholaş” mavzusida ilmiy ma’ruza bölib ötdi.

Ma’ruzada Aerokosmik texnologiyalar yönalişi talabalari faol iştirok etdilar. Mehmon olim zamonaviy aviatsiya texnologiyalari, inson omili, biometrik körsatkiçlar hamda uçuvçilar va havo harakatini boşqariş dispetçerlarining iş yuklamasini baholaşning zamonaviy usullari haqida ilmiy ma’lumotlar bilan örtoqlaşdi.

Ma’ruza davomida talabalar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Oçiq muloqot talabalarning zamonaviy aviatsiya va aerokosmik texnologiyalar sohasidagi bilimlarini boyitiş, xalqaro ilmiy tajriba bilan tanişiş hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uçun muhim bilim va könikmalarni egallaşlariga xizmat qildi.

Mazkur uçraşuv va ilmiy ma’ruza universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, xorijiy olimlar bilan ilmiy tajriba almaşiş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Unievrsiteti dotsenti Ğozal Eşçanova tayorladi