Vengriyaning Óbuda universiteti professori Dr. Utku Kale “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida ilmiy ma’ruza ötkazdi
28.10.2026
2026-yil 27-oktabr kuni “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari” Milliy tadqiqot universitetining “Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş” fakultetida Vengriyaning Óbuda universiteti Kármán kosmik markazi vakili, Prof. Dr. Utku Kale iştirokida xalqaro ilmiy ma’ruza taşkil etildi.
Tadbir
boşlanişidan avval “Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş” fakulteti dekani,
professor Botirov Şavkat Ğofuroviç, Óbuda universiteti Kármán kosmik markazi
vakili, dotsent Dr. Utku Kale va PhD, dotsent Ğozal Eşçanova örtasida uçraşuv
bölib ötdi.
Uçraşuv
davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Óbuda universiteti örtasida
yölga qöyilgan hamkorlikni yanada rivojlantiriş, aviatsiya va aerokosmik
texnologiyalar sohasida qöşma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oşiriş,
şuningdek, akademik aloqalarni kengaytiriş va xalqaro tajriba almaşinuvini
mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur
uçraşuv mavjud hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, istiqbolli
ilmiy yönalişlarda özaro hamkorlikni kengaytiriş hamda kelgusida yangi ilmiy va
akademik taşabbuslarni amalga oşiriş uçun muhim imkoniyat böldi.
Şundan söng
universitetning V korpus, 205-xonasida “Zamonaviy aviatsiya texnologiyalari
şaroitida uçuvçilar va havo harakatini boşqariş dispetçerlarining umumiy iş
yuklamasini baholaş” mavzusida ilmiy ma’ruza bölib ötdi.
Ma’ruzada
Aerokosmik texnologiyalar yönalişi talabalari faol iştirok etdilar. Mehmon olim
zamonaviy aviatsiya texnologiyalari, inson omili, biometrik körsatkiçlar hamda
uçuvçilar va havo harakatini boşqariş dispetçerlarining iş yuklamasini
baholaşning zamonaviy usullari haqida ilmiy ma’lumotlar bilan örtoqlaşdi.
Ma’ruza
davomida talabalar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarni berib,
mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Oçiq muloqot talabalarning zamonaviy
aviatsiya va aerokosmik texnologiyalar sohasidagi bilimlarini boyitiş, xalqaro
ilmiy tajriba bilan tanişiş hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uçun muhim
bilim va könikmalarni egallaşlariga xizmat qildi.
Mazkur
uçraşuv va ilmiy ma’ruza universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini
mustahkamlaş, xorijiy olimlar bilan ilmiy tajriba almaşiş va istiqbolli
hamkorlik yönalişlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Unievrsiteti dotsenti Ğozal Eşçanova tayorladi