Talabalar uçun xalqaro audit va acca böyiça mutaxassislar bilan uçraşuv taşkil etildi

28.10.2026

#Yangilik #Ta`lim

📅 2026-yil 27-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi taşabbusi bilan talabalar uçun “Nexia Uzbekistan” xalqaro auditorlik taşkilotining IFRS va audit böyiça mutaxassislari hamda FCS Academy öquv markazining ACCA yönalişidagi mutaxassislari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.

🎓 Uçraşuvning asosiy maqsadi talabalarning xalqaro buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi bilimlarini kengaytiriş, ularni xalqaro professional sertifikatlaş tizimi bilan taniştiriş, şuningdek, amaliyot ötaş va kelgusida işga joylaşiş imkoniyatlari haqida ma’lumot berişdan iborat böldi.

📚 Uçraşuv davomida mutaxassislar tomonidan ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro malaka tizimi, uning bosqiçlari, imtihonlari va xalqaro mehnat bozoridagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS), xalqaro audit amaliyoti, auditorlik taşkilotlarida faoliyat yuritiş uçun zarur bölgan kasbiy bilim va könikmalar muhokama qilindi.

💼 Uçraşuvda talabalar uçun quyidagi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi:

ACCA xalqaro sertifikatlarini oliş va kasbiy malakani oşiriş;

Xalqaro auditorlik taşkilotlarida amaliyot ötaş;

Buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va audit yönalişlarida kasbiy faoliyatni boşlaş;

Bitiruvçilarning işga joylaşiş imkoniyatlari va iş beruvçilar tomonidan qöyiladigan talablar;

Xalqaro standartlar asosida professional karyera quriş.

Uçraşuv davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oliş hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uçun foydali tavsiyalar bilan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar.

Mazkur uçraşuv ta’lim, amaliyot va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, talabalarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşiriş hamda ularni zamonaviy buxgalteriya hisobi va audit kasblariga yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.