2026-yilgi Prezident olimpiadasi oçiq deb e’lon qilindi
28.10.2026
Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Yoş toifasi ham kengaytirilib, musobaqa 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan öquvçilar örtasida ötkaziladi.
Har yili olimpiada ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yiğinlarga yuboriladi. Kelasi yildan ğoliblarga bir yillik stipendiya beriş boşlanadi. Öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyi Olimpiya şaharçasiga köçiriladi. Şu orqali yoş sportçilar çempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanişib, yangi ğalabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoşlarni oçilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlaniş, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirişga çaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxşi döst böling”.
Şundan söng 2026-yilgi Prezident olimpiadasini oçiq deb e’lon qildi.
– Olğa, Yangi Özbekiston! Olğa, Özbekiston yoşlari! Olğa, özbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz sözining yakunida.