"Eng yaxşi kreativ ğoya" tanlovi ğoliblari aniqlandi!

28.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida talaba-yoşlarning innovatsion salohiyati va startap taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazilgan “Eng yaxşi kreativ ğoya” tanlovining universiteti bosqiçi kötarinki ruhda va murosasiz bahslar ostida bölib ötdi!

​Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan barça loyihalar atrofliça örganilib, ularning dolzarbligi, innovatsionligi hamda tijoratlaştiriş imkoniyatlari munosib baholandi.

​🏆 Tanlov natijalari söngiga köra ğoliblar:

​ 1-örin:Sattorov Uluğbek — Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqiç talabasi

Loyiha:«Sanatoriyalar bir ilovada»

​ 2-örin:Xamidullayev Asadulla — Energetika fakulteti 1-bosqiç talabasi

Loyiha:«Manady»

​ 3-örin:Asqarov Amir — Ekologiya va huquq fakulteti 3-bosqiç talabasi

Loyiha:«Yurforce AI»

Ğoliblarimiz maxsus diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar va Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi.

​Qolaversa, öz taqdimotini ötkazgan barça talabalar nufuzli StartUp Akseleratsiya dasturiga bepul yöllanmaga hamda mentorlar bilan işlaş imkoniga ega böldilar!

​ Barça ğoliblarni va tanlovda faol qatnaşgan talabalarimizni çin qalbimizdan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!