Hamkorlik memorandumi doirasida mahorat darsi

27.10.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik memorandumi doirasida “Iroda va axloqiy-irodaviy sifatlarning şakllanişi” mavzusida mahorat darsi taşkil etildi.

Mahorat darsini «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Professional ta’lim» kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Baykunusova Gulmira Yuldibayevn olib bordi.

Maşğulotda Jamoat xavfsizligi universitetining “Umumiy va harbiy psixologiya” fani böyiça tahsil olayotgan 401-guruh 1-bosqiç kursantlari iştirok etdilar.

Mahorat darsi davomida kursantlarga iroda va axloqiy-irodaviy sifatlarning psixologik mohiyati, ularning harbiy faoliyatdagi ahamiyati hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oşirişdagi örni haqida ma’lumot berildi. Jumladan, qat’iyatlilik, jasurlik, intizomlilik, mas’uliyatlilik, sabr-toqat va özini özi boşqariş kabi muhim sifatlarni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maşğulot jarayonida kursantlar bilan savol-javoblar taşkil etilib, iroda va axloqiy-irodaviy sifatlarni harbiy xizmatda samarali qöllaş usullari muhokama qilindi. Şuningdek, murakkab vaziyatlarda özini nazorat qiliş, töğri va mas’uliyatli qarorlar qabul qiliş, harbiy burçga sodiqlik hamda jamoada samarali faoliyat yuritişda uşbu sifatlarning ahamiyati hayotiy va kasbiy misollar orqali tuşuntirildi.

Mazkur mahorat darsi kursantlarning psixologik bilimlarini mustahkamlaş, ularda harbiy kasb uçun muhim bölgan irodaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantiriş hamda oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qildi.

"Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti

Universitet matbuot xizmati